Bekxemning o'g'li APL klubiga ko'chib o'tdi

Aziz Tukhtamuradov
7 yanv 2023
Angliyaning "Brentford" klubi Devid Bekxemning o'g'li Romeoni ijaraga oldi.

20 yoshli futbolchi Romeo Bekxem mavsum oxirigacha ijara asosida "Brentford" sharafini himoya qiladi. U klubning ikkinchi jamoasida o'ynaydi. 

U huquqiy jihatdan otasining jamoasi - "Inter Mayami"ga tegishli. Uning hisobida klub uchun 26 ta o'yin va 2 ta gol mavjud. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: brentfordfc.com