Krishtianu Ronaldu o'ziga navbatdagi “toychoq”ni sovg'a qildi

Khoja
19 yanv 2024
“Al Nassr” sardori Krishtianu Ronaldu navbatdagi qimmatbaho mashina bilan turgan suratini namoyish etdi.

Marca nashrining ma'lum qilishicha, portugaliyalik yulduz o'ziga so'nggi rusumdagi Ferrari Purosangue avtomobilini sovg'a qilgan. Avtomobilning narxi 466 ming evroga baholanmoqda.

Ronaldu shuningdek, Bugatti Chiron, Bugatti Veyron Grand, Ferrari Monza va McLaren Senna kabi avtomobillarga egalik qiladi.

38 yoshli futbolchi dekabr oyida oyisiga Porsche Cayenne (narxi 90 ming evro)lik avtomobilni sovg'a qilgandi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com