Krishtianu Ronaldu AQSH prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi

Administrator
19 noya 2025
Futbolchi va AQSH prezidenti o'rtasida uchrashuv bo'ldi.

Portugaliya milliy terma jamoasi va "Al Nassr" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu AQSH prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi. Oq uy matbuot xizmati bu voqeaga quyidagicha munosabat bildirdi:

"Ikki GOAT. CR7 x 45/47," - deya videoga izoh berilgan.

Ilgari xabar qilinganidek, Ronaldu Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonning tashrifi sharafiga Oq uyda uyushtirilgan tantanali kechki ziyofatning maxsus mehmonlaridan biri bo'lgan.

Krishtianu 40 yoshda, u 2023 yildan beri "Al Nassr" safida to'p surmoqda.

https://x.com/WhiteHouse/status/1991151873970020681



AdministratorMuallif
Manba: x.com