Kovach "Tottenxem"ni boshqarishi mumkin

Alisher Ostonov
28 fev 2026
54 yoshli xorvatiyalik murabbiy Niko Kovach Dortmundning "Borussiya" klubini tark etib, APLda ishlashi mumkin.

Avvalroq, murabbiyga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Endi mutaxassisga yangi davogar paydo bo'ldi - "Tottenxem."

Avvalroq Kovach "Bavariya”, Xorvatiya terma jamoasi, "Ayntraxt”, "Monako" va "Volfsburg" klublarida ishlagan. U myunxenliklar bilan Germaniya chempioni bo'lgan.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Bild