Konrad Laymer "Bavariya" a'zosiga aylanishga yaqin

Sherzod Nurmatov
29 noya 2022, 16:13
Myunxenning "Bavariya" klubi "Leyptsig" futbolchisi Konrad Laymerni o'z tarkibiga qo'shib olish arafasida.

Bundesliga klubi 25 yoshli yarim himoyachi bilan og'zaki kelishuvga erishgani aytilmoqda. Futbolchi 2023 yil yozida Yulian Nagelsmann jamoasiga erkin agent sifatida kelib qo'shiladi. U yanvar oyida amaldagi jamoasi bilan shartnomasining so'nggi olti oyligiga kiradi.

Avstriyalik futbolchi joriy mavsum Bundesliga jamoasi tarkibida turli musobaqalarda 6 ta o'yinda maydonga tushdi. 

Transfermarkt portali markaziy yarim himoyachini 28 mln evroga baholamoqda. Uning holatini o'rganib borayotgan jamoalar orasida "Chelsi" ham mavjud.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports Germany