Kolashinac jarohat oldi

Sherzod Nurmatov
14 noya 2021
Bosniya va Gertsegovina himoyachisi Sead Kolashinac jarohatlandi.

"Arsenal"ning 28 yoshli o'yinchisi Finlyandiyaga qarshi o'yinni to'liq o'tkazolmadi. Mudofaa vakili 37-daqiqada shikastlandi va Ermedin Demirovich bilan almashtirildi.

Shunday qilib, Kolashinacning JCH-2022 saralashi doirasidagi Ukrainaga qarshi uchrashuvdagi ishtiroki so'roq ostida qoldi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail