Klyuyvertning o'g'li APLga ko'chib o'tishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
21 iyun 2023
"Roma" yarim himoyachisi Jastin Klyuyvert faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, "Bornmut" 24 yoshli niderlandiyalik futbolchi bilan shartnoma borasida (yillik 9,5 mln funt maosh) kelishuvga yaqin turibdi.

Shaxsiy shartnoma borasidagi muzokaralar hali davom etmoqda. 2022/23-yilgi mavsumda futbolchi ijara huquqi asosida "Valensiya"da harakat qildi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Marca