Klyuyvert ijara asosida "Roma"dan "Valensiya"ga yo'l oldi

Sherzod Nurmatov
2 sen 2022
Niderlandiyalik vinger Jastin Klyuyvert Rimning "Roma"sidan "Valensiya"ga o'tdi, deb xabar bermoqda jamoa matbuot xizmati.

Niderlandiya terma jamoasi futbolchisi endi bir yil davomida Ispaniyada o'ynaydi. Uning harakatlari "Mestalya" egalariga maqul kelsa, futbolchini 15 million evroga sotib olishlari mumkin.

Avvalroq uning Angliyaning “Fulxem” klubiga o'tishi muvaffaqiyatsizlikka uchragandi. Ma'lum bo'lishicha, futbolchi mamlakatda ishlash uchun ruxsatnoma ololmagan. U angliyaliklar tomonidan sotib olish huquqi bilan ijaraga ko'zda tutilgan edi.

Eslatib o'tamiz, Klyuyvert 2018 yilning yozida Niderlandiyaning "Ayaks" jamoasidan "Roma"ga o'tgan edi. Kichik Klyuyvert 2021/2022 yilgi mavsum ijara asosida Fransiyaning "Nicca" klubida harakat qildi va u yerda 31 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: valenciacf.com