Klopp Origining "Liverpul"dan ketayotganini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
20 may 2022
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp belgiyalik hujumchi Divok Origi klubni tark etayotgani haqida ma'lumot berdi.

"Divok bilan o'ziga xos tarzda xayrlashishlarini kutaman. Divok men uchun har doim "Liverpul" afsonasi bo'lib qoladi, u bilan ishlash juda yoqimli edi.

U men ega bo'lgan eng muhim o'yinchilardan biri. Qaerga bormasin, 100 foiz muvaffaqiyatga erishadi.

U ketgach, qiyin bo'ladi. Shubhasiz, u "Liverpul" afsonasi", – dedi germaniyalik mutaxassis.

Oldinroq Origi erkin agent sifatida "Milan"ga o'tishga yaqin ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Liverpool Echo