

"Katta ehtimol bilan u "Brentford"ga qarshi o'ynamaydi. Chunki 1 yanvar mamlakatimizda banklar va yuridik tashkilotlar uchun dam olish kuni. Demak, ishni yakuniga etkazish uchun ikkinchi yanvar tushlikdan keyin borishimiz kerak.
Nima bo'lgan taqdirda ham biz shoshilmasligimiz kerak. Balki u "Vulverxempton"ga qarshi o'yinda qatnashishi mumkin", - dedi Klopp.
Oldinroq ma'lum qilinganidek, "Liverpul" Gakponi PSVdan 37 mln evro evaziga sotib oldi.



