

Fiorentina - juda texnikali o'yinchilarga ega ajoyib jamoa, ular bizni ancha qiynab qo'yishdi. Birinchi bo'lim oxirida gol urish muhim edi, shunda biz ikkinchi bo'limda maydonga tushgan o'yinchilarning energiyasini boshqarishimiz mumkin edi.
Natijaga erishish oson bo'lmadi, Fiorentina ajoyib jamoa. Biz yaxshi harakat qildik, 90 daqiqa davomida qatiyatli va maqsadimizga intildik. Menga bunday o'yinlar yoqadi, - dedi murabbiy.


