Kimmix "Bavariya" bilan shartnomasini uzaytirdi

Omonjon To`xtamirzayev
13 mar 2025
Yozua Kimmix "Bavariya" bilan yangi shartnoma imzoladi.

Futbolchi va klub 2029 yilgacha mo'ljallangan bitim imzolashdi.

Myunxen klubi 30 yoshli futbolchi bilan 4 yillik yangi bitim imzolanganini e'lon qildi.

Kimmix 2015 yildan buyon Myunxen klubi sharafini himoya qiladi. "Bavariya" tarkibida Kimmix 8 marta Germaniya chempioni va 2019/20 yilgi mavsumda Chempionlar Ligasida zafar quchgan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Бавария ФК