Keysuke Xonda “Botafogo”dan ketadi

Aslanov Jasurbek
29 dek 2020
Futbolchi klubni muddatidan avval tark etadi.

Yaponiyalik yarim himoyachi Keysuke Xonda “Botafogo” klubidan o'zini qo'yib yuborishlarini so'radi. Xondaning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yil fevral oyi so'ngiga qadar tuzilgan. Avvalroq futbolchining keyingi manzili Portugaliya chempionati bo'lishi mumkinligi aytilgandi.

34 yoshli Xonda joriy mavsum “Botafogo” safida 27 ta o'yinda qatnashib, 3 ta gol urdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Globo Esporte