Kevin De Bryuynening ehtimoliy qaytish sanasi aytildi

Sherzod Nurmatov
17 fev 2026
Belgiyalik yarim himoyachi Kevin De Bryuyne "Napoli" safidagi ilk mavsumining katta qismini o'tkazib yubordi.

U jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqandi. Biroq uning qaytishi uzoq emas: xabar berishlaricha, De Bryuyne tibbiy reabilitaciyaning yakuniy bosqichidan o'tish uchun Neapolga qaytmoqda.

Bu esa mart oyida u maydonga qaytib, yangi jamoasiga yordam bera olishini anglatadi.

Ayni paytda "Napoli" A Seriya turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: MSN