Kazemiro mavsum oxirigacha MYU asosiy tarkibida maydonga tushishi mumkin

Aslanov Jasurbek
25 mar 2026
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kazemiro mavsumning qolgan qismida jamoaning asosiy tarkibidan joy olishida hech qanday to'siq qolmadi.

34 yoshli braziliyalik futbolchining shartnomasida alohida band bor edi: agar u joriy mavsumda APL doirasida 35 ta o'yinni asosiy tarkibda boshlasa, uning kelishuvi avtomatik tarzda yana bir yilga uzaytirilar edi. "Manchester Evening News" nashrining xabar berishicha, yanvar oyida klub va futbolchi ushbu bandni bekor qilish borasida kelishuvga erishishgan.

Shunday qilib, Kazemironing amaldagi shartnomasi ushbu mavsum yakunida o'z nihoyasiga etadi. Bu kelishuv murabbiylar shtabiga tarkibni tanlashda moliyaviy majburiyatlardan xoli ravishda qaror qabul qilish imkonini beradi.

Ma'lumot uchun, Kazemiro joriy APL mavsumida 29 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Manchester Evening News