Kazemiro Italiya jamoasiga o'tmoqchi

Mirjalol Normatov
25 fev 2026
Yanvar oyida "Manchester Yunayted"ni ushbu mavsumdan keyin erkin agent sifatida tark etadigan Kazemiro faoliyatini Yevropada davom ettirmoqchi.

Jurnalist Semyuel Lakxerstning ma'lumotiga ko'ra, braziliyalik futbolchining yo'nalishi Italiya sari o'zgarishi mumkin. Hozircha unga biror klubdan aniq taklif yo'q.

MYUga qadar Kazemiro "Real" va "Portu" kabi jamoalar tarkibida ham harakat qilgan. Oldinroq unga "Inter Mayami" tomonidan ham qiziqishlar bo'lgani aytilgandi.

34 yoshli xavbek ushbu mavsumda 25 o'yinda qatnashib, 5 gol va 2 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/samuelluckhurst