

"Krishtianu bilan ko'p gaplashardik, kechki ovqatni bir necha marta birga tanovvul qilib, futbolni muhokama qilardik. Hayotiy yo'llarimiz boshqa-boshqa, lekin ikkimiz ham pastdan ko'tarilib kelganmiz. Bunday yo'ldan o'tganingda, ko'p narsani o'rganasan. Ronaldu doim o'z darajasi haqida o'ylab, uni saqlab qolishga intiladi. U meni kuchliroq qildi. Men undan ish va tayyorgarlikka bo'lgan munosabati borasida ko'p narsalarni o'rgandim", – dedi Kavani.
37 yoshli Ronaldu joriy mavsum MYU va Portugaliya terma jamoasi tarkibida 11 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.



