"Kattaqo'rg'on" o'tgan mavsum Qirg'iz Respublikasida o'ynagan futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Оқил Абдубарноев
8 mar 2026
Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan "Kattaqo'rg'on" jamoasi himoyachi bilan shartnoma imzoladi.

O'tgan mavsumni Qirg'iz Respublikasi chempionatida o'tkazgan Farhod Mirahmadov 2026 yilning oxirigacha samarqandliklar bilan shartnoma imzoladi.

1994 yilda tug'ilgan fulbek faoliyati davomida "Oqtepa", "Obod", "So'g'diyona", "Navbahor", "Andijon", "Bunyodkor" va "Qo'qon-1912" klublari sharafini himoya qilgan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Каттақўрғон" матбуот хизмати