O'zbekiston yoshlari Xitoy klubini mag'lub etdi

Tolibjon Qosimov
6 fev 2025
Farhod Nishonov boshchiligidagi O'zbekiston U-20 terma jamoasi Osiyo kubogiga tayyorgarlik jarayonini yakunlamoqda.

Biroz avval yoshlarimiz Xitoyning "Guanjchou GZ-Pauer" jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazishdi. Unda Nishonov shogirdlari 2:0 hisobida zafar quchishdi. Gollarni Daler To'xsanov hamda Saidumar Saidnurullaev kiritishdi.

Nazorat o'yini

"Guanjchou GZ-Pauer" - O'zbekiston U-20 0:2

Gollar: D.To'xsanov 18, S.Saidnurullaev (pen.) 85

O'zbekiston U-20: Samandar Muratbaev, Ozod Qurbonov, Dilshod Abdullaev, Behruz Jumatov, Azizbek To'lqinbekov, Ravshan Xayrullaev, Ollobergan Karimov, Muhammadali O'rinboev, Daler To'xsanov, Asilbek Jumaev, Abdug'ofur Haydarov.

Zaxira: Maksim Murkaev, Narimov Ahmadjonov, Amirbek Saidov, Rustambek Fomin, Nurlan Ibraimov, Lazizbek Mirzaev, Saidumar Saidnurullaev, Ro'ziboy Fayzullaev, Murod Komilov, Muhammadali Zohidov, Saidjon Hamidov.

Ma'lumot uchun, vakillarimiz qita turniridagi yurishini 13 fevral kuni Yamanga qarshi o'yin bilan boshlaydilar.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia