Karrager: "Maguayr Evro-2020'dagi o'yini bilan Ferdinand va Terrini soyada qoldirdi"

Sherzod Nurmatov
6 iyul 2021, 21:31
"Liverpul" sobiq futbolchisi Jeymi Karrager XArri Maguayrning Yevropa chempionatidagi o'yini xususida to'xtaldi.

"Maguayr hozircha Jon Terri, Toni Adams, Rio Ferdinand va Sol Kempbell darajasida emas. Biroq Maguayrning JCH-2018 va Evro-2020'dagi o'yini Angliya terma jamoasining afsonaviy himoyachilarining termadagi faoliyatini soyada qoldirdi. Chunki Terri va Ferdinand klubda yaxshi o'ynashgan, terma jamoa uchun esa Magayr kabi to'p tepishmagan", – dedi Karrager. 

Karrager har doim keskin chiqishlari orqali omma e'tiborini tortib keladi. 

Qadrli o'quvchi, uning Maguayr haqidagi fikrlariga ko'shilasizmi?


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Telegraph