Kamara, Lam, Pukki – Finlyandiyaning EVRO-2020 uchun kengaytirilgan tarkibi

Sherzod Nurmatov
19 may 2021, 23:59
Finlyandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Markku Kanerva Yevropa chempionatida ishtirok etishi mumkin bo'lgan futbolchilar nomini ma'lum qildi.

Darvozabonlar: Lukash Gradecki ("Bayer", Germaniya), Esse Yoronen ("Breshia", Italiya), Ansi Yaakkola ("Bristol Rovers", Angliya);

Himoyachilar: Yuxani Oyala ("Vayle", Daniya), Leo Vyaysyanen ("Elfsborg", Shvetsiya), Sauli Vyaysyanen ("Kevo", Italiya), Paulyus Arayuuri ("Pafos", Kipr), Deniel O’Shonnessi (XIK, Xelsinki), Robert Ivanov ("Varta", Polsha), Albin Granlund ("Stal", Polsha), Yere Uronen ("Genk", Belgiya), Nikolas Xyamyalyaynen ("Kuinz Park Reyndjers", Angliya), Nikolay Alxo (MTK, Vengriya);

Yarim himoyachilar: Pyuryu Soyri ("Esberg", Daniya), Glen Kamara ("Reyndjers", Shotlandiya), Yoni Kauko ("Esberg", Daniya), Onni Valakari ("Pafos", Kipr), Rasmus Shuller ("Yurgorden", Shvetsiya), Tomas Lam ("Zvolle", Niderlandy), Tim Sparv (AEL, Gretsiya), Lassi Lappalaynen ("Monreal", Kanada);

Hujumchilar: Fredrik Yensen ("Augsburg", Germaniya), Yoel Poxyanpalo ("Union", Germaniya), Markus Forss ("Brentford", Angliya), Yasin-Amin Assexnun ("Laxti", Finlyandiya), Teemu Pukki ("Norvich Siti", Angliya).

Oxirgi tarkib 1 iyunda e'lon qilinishi ma'lum qilindi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia