Junino "Lion"ni tark etadi

Sherzod Nurmatov
18 noya 2021, 20:52
Funkcioner dam olishni xohlamoqda.

"Lion" sport direktori Junino joriy mavsum oxirida klubni tark etishini aytdi.

“Men klubni tark etaman, deb tahdid qilmayapman. Biz hammamiz yoshi katta insonlarmiz. "Lion"ni yaxshi ko'raman, klub prezidentini juda hurmat qilaman. Klubdan minnatdorman, lekin men ham bu jamoaga ko'p narsa berdim. Buni unutmaslik kerak. Men klub menga ko'p narsa berganini aytishga ko'nikib qolganman, biroq buning evaziga men ham ko'p ish qilganman. Hozir shunchaki boshqaruv ishidan tanaffus qilmoqchiman ”, – dedi u.

Junino 9 yil “Lion” sharafini himoya qilgan. Braziliyalik 2019 yildan buyon “to'quvchilar” tuzilmasida ishlab kelmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RMC Sport