Jorjina Rodriges Rojdestvo munosabati bilan Krishtianu Ronalduga Rolls-Royce sovg'a qildi

Sherzod Nurmatov
26 dek 2022
Besh karra "Oltin to'p" sohibi Krishtianu Ronalduning suyuklisi Jorjina Rodriges futbolchiga katoliklarning Rojdestvo bayrami munosabati bilan qimmatbaho sovg'a taqdim etdi.

Portugaliyalik futbolchi o'z sevgilisidan sovg'a sifatida hatto qizil lenta bilan bog'langan Rolls-Royce avtomobilini oldi.



"Rahmat, sevgilim", – deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda sovg'a suratini joylashtirib.

Rolls Royce Dawn – kabriolet bo'lib, uning narxi 428 ming dollarni tashkil qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail