

Mazkur bahsni Vadim Agishev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Husniddin Shodmonov va Obid Jumaev yordam beradi.

Qayd etish joiz, mazkur hakam ikki jamoaning Coca Cola Superligasining 14-tur doirasidagi o'zaro to'qnashuvini boshqarib borgan va o'shanda namanganliklar 1:0 hisobida g'alaba qozongan.

Agishev, shuningdek, "Navbahor"ning O'zbekiston kubogi 1-turida "Qizilqum" (2:0), Coca Cola Superligasining 18-turida "So'g'diyona"ga qarshi (0:0) bellashuvlarida ham ishlagan.



