Jonatan Akosta: "Finalga chiqishni istagandik"

Alisher
21 okt 2021, 10:37
OFK kubogi yarim finalidan o'rin olgan "Nasaf" - "Li Man" (3:2) uchrashuvidan mehmonlar futbolchisi Jonatan Akosta o'z fikrlariga quloq tutdik.

- "Biz natijadan afsusdamiz, chunki bugun g'alaba qozonib, finalga chiqishni istagan edik. Hisob tenglashgan vaqtda navbatdagi golni urib, g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi. "Li Man" - yangi jamoa, biz uni nomini musobaqada munosib himoya qildik. 

- "Nasaf" haqida

- "Bu jamoada kuchli murabbiy va futbolchilar bor ekan. Menimcha, "Nasaf" OFK kubogini qo'lga kiriti mumkin. Finalda ushbu jamoaga omad tilayman.

- Ko'rsatgan o'yini borasida

- "Bugun biz himoyada ishonchli o'ynagan holda, qarshi hujumdan unumli foydalanishga etibor qaratdik. Men ko'proq himoyada o'ynashimga to'g'ri keldi. Bosh murabbiy ko'rsatmasiga asosan shu taktikada o'ynadim. G'alaba qozona olmagan bo'lsak-da, ko'rsatgan o'yinimdan qoniqish hosil qildim.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia