

Uchrashuvdagi yagona gol Um Von San 50-daqiqada urdi. Mezbonlar safida esa Ikromjon Aliboev rasmiy debyutini o'tkazdi. 29 yoshli o'zbekistonlik 64-daqiqada Gug Yon Xan o'rniga zaxiradan maydonga tushdi.
Aliboevning jamoasi dastlabki turda ham mag'lub bo'lgandi va hozirda turnir jadvalida autsayder bo'lib turibdi. “Kanvon” keyingi uchrashuvini (11 mart) ham o'z maydonida o'tkazadi va ularga “Tegu” raqiblik qiladi.


