Jiru: "Berluskoni "Milan"ni Yevropaning top-jamoasiga aylantirdi"

Sherzod Nurmatov
15 iyun 2023, 16:52
"Milan" hujumchisi Olive Jiru "Milan"ning sobiq prezidenti Silvio Berluskonining o'limiga munosabat bildirdi.

"U juda hurmatli inson edi. Futbol uchun juda ko'p ish qildi, "Milan"ni Yevropaning top-jamoasiga aylantirdi. Menimcha, u afsonaviy shaxs", – dedi Jiru.

Berluskoni 12 iyun kuni 87 yoshida Milandagi "San-Raffaele" kasalxonasida vafot etgani ma'lum bo'ldi.

Berluskoni 1986 yildan 2016 yilgacha "Milan" egasi bo'lgan. Italiyalik mutaxassis 2018 yilning sentyabrida "Monca"ni sotib olgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pianetamilan.it