Jeymi Karrager: "Bu "Liverpul" APL uchun mos emas"

Aslanov Jasurbek
28 yanv 2026
"Liverpul" sobiq himoyachisi Jeymi Karrager "qizillar"ning joriy mavsumdagi o'yini haqida gapirar ekan, jamoaning Premer-liga talablariga javob bermayotganini ta'kidladi.

"Meni "Liverpul"ning YCHLdagi ishtiroki emas, balki APLdagi holati ko'proq tashvishga solyapti. Premer-ligadagi asosiy uchta to'siq - bu standart vaziyatlar, to'pni autdan uzoqqa tashlash va qarshi hujumlardir. "Liverpul" esa bu faktorlarga va raqiblarning "past blok" (zich himoya) bo'lib o'ynashiga qarshi hech narsa qila olmayapti.

Biz APL uchun mos bo'lmagan jamoani ko'ryapmiz. Evrokuboklarda autlar yoki standartlar APLdagidek katta ahamiyatga egami? Yo'q. U yerda hech kim zich himoyaga yotib olmaydi, bu esa "Liverpul"ga qo'l keladi.

Ular "Real Madrid"ni yutishi, safarda "Inter" yoki "Marsel"ni mag'lub etib, pley-offga chiqishi mumkin. Ammo men bu jamoani Premer-ligaga tayyor deb hisoblamayman", - dedi Karrager "Sky Sports" efirida.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports