Jervino Osiyo klubiga o'tishga yaqin

Alisher
1 fev 2020, 17:00
"Parma" hujumchisi Jervino Qatarning "Al Sadd" klubi futbolchisiga aylanishi mumkin.

32 yoshli ivuarlik futbolchi hozirda "Al Sadd"ni boshqarayotgan Xavi qo'l ostida ishlashga tayyor.

Transfer tez orada amalga oshishi ko'zda tutilmoqda. Hozirda tomonlar Qatar futbol assotsiatsiyasining transfer borasidagi tasdig'ini kutishmoqda.

Jervino joriy mavsum "Parma" safida 18ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 3ta assist qayd etgan.


AlisherMuallif
Manba: Sport Mediaset