JCH-2018. Serbiyalik murabbiyning o'yindan keyingi fikrlari

Aziz Tukhtamuradov
17 iyun 2018, 20:49
Serbiya terma jamoasi bosh murabbiyi Mladen Krstaich Kosta Rika terma jamoasiga qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz himoyada ham, hujumda ham birdamlikda harakat qilishimiz lozim edi. So'nggi ikki hafta ichida bunga astoydil harakat qildik. O'yin tempi 90 daqiqa davomida tushgani yo'q. Biz tashabbus ko'rsatdik, kosta rikaliklar ham vaziyatlar yaratishga urinishdi.

Bugun juda xursandman. O'yinchilarim bilan faxrlanaman. Bizda muhit ajoyib ekanligini maydonda ham isbotlay oldik", - dedi Krstaich.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: FIFA