Jamshid Iskanderov: "Bir haftada ikkita kubok ko'tarish yoqimli"

Sherzod Nurmatov
22 noya 2025
"Neftchi" yetakchisi Jamshid Iskanderov chempionlik qo'lga kiritilganidan so'ng saytimizga kichik intervyu berdi.

"Muxlislarga maqul keladigan o'yin bo'ldi va 4:1 hisobida g'alaba qozondik. Muxlislarga o'yin yoqdi degan umiddaman. Yaratganga shukr, chempion bo'ldik.

Boshida bizga hech kim ishonmagandi. Mavsum startida qiyin bo'ldi. Yangi tarkib edi. Keyin esa barcha birgalikda mehnat qilib, chempionlikka intildi. Yakunda maqsadimizga erishdik. Bundan juda xursandman.

Muxlislarimizga gap yo'q. Uy o'yinimi yoki safar, har bir uchrashuvda bizni qo'llab-quvvatlashdi.

Bir hafta ikkita kubok ko'tarish yoqimli ekan. Juda xursandman", – dedi Jamshid Iskanderov chempionlikdan so'ng.

Eslatib o'tamiz, "Neftchi" bugun "Qizilqum"ni 4:1 hisobida engib, 24 yil kutilgan chempionlikni rasmiylashtirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia