Jahon chempionatida ishtirok etadigan 31ta terma jamoa nomi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
15 noya 2017, 16:15
Avstraliya terma jamoasi JCH-2018 saralashida ikki o'yin natijasiga ko'ra Gondurasni 3:1 hisobida mag'lub etdi va mundial yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Shunday qilib, Rossiyadagi jahon chempionatida ishtirok etadigan 31ta terma jamoa nomi ma'lum bo'ldi.

Osiyo: Eron, Yaponiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Avstraliya.

Yevropa: Rossiya (mezbon), Belgiya, Germaniya, Angliya, Ispaniya, Polsha, Islandiya, Serbiya, Portugaliya, Fransiya, Shveytsariya, Xorvatiya, Shvetsiya, Daniya.

Janubiy Amerika: Braziliya, Urugvay, Argentina, Kolumbiya.

Shimoliy Amerika: Kosta-Rika, Panama, Meksika.

Afrika: Misr, Senegal, Marokash, Tunis, Nigeriya.

Ertaga tongda mundialning so'nggi vakili nomi aniq bo'ladi. Peru hamda Yangi Zelandiya ushbu yo'llanma uchun kurash olib borishadi. Ushbu terma jamoalar o'rtasidagi ilk o'yin 0:0 hisobida yakunlangan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia