

Jizzaxliklar ustozi Ivan Boshkovich uchun kechagi bahs bosh murabbiy sifatidagi 100-o'yin bo'ldi.
Bundan oldingi 99 ta o'yinning hech birida Boshkovich jamoalari yirik hisobda (3 ta to'p farqi) yutqazmagan edi. Demak, kechagi bahs murabbiy uchun faoliyatidagi eng yirik mag'lubiyatga aylandi.
Ma'lumot uchun, Ivan Boshkovich "So'g'diyona"dan oldin qisqa muddat "Bunyodkor"da ham ishlagan. Uning murabbiy sifatidagi umumiy statistikasi quyidagicha: 43 g'alaba, 22 durang va 35 mag'lubiyat.



