

"Mamlakatimizda Yevropadagi eng eski stadionlar joylashgan, ularning o'rtacha yoshi 70 yildan oshadi. Vaziyat o'zgarishni boshlayapti, biroq yangi iqtisodiy model kamida 6-7 yildan keyingina to'liq kuch bilan ishlay boshlaydi. Ungacha boshqa ligalar bilan oramizdagi farq faqat kattalashib boradi", - dedi De Siervo.
Shuningdek, u 2032 yilgi Yevropa chempionati Italiya uchun oxirgi muddat ekanini ta'kidladi. Hozirda Milanda 1 milliard evrodan ortiq investiciya kiritiladigan yangi stadion loyihasi, shuningdek, "Lacio" va "Roma"ning muhim rejalari bor. Genuya va Florenciyada ham stadionlarni transformaciya qilish bo'yicha ishlar olib borilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Italiya va Turkiya Evro-2032 mezbonlari hisoblanadi.



