Ispaniyalik arbitr Pike bilan bog'liq vaziyat haqida: “Toza penalti”

Eldor Akmurzayev
28 noya 2021, 08:20
Ispaniyalik referi Alfonso Peres Burrul La Liga 15-turi doirasida o'tgan “Vilyarreal” – “Barselona” (1:3) bahsida faoliyat olib borgan Sesar Soto Grado boshchiligidagi hakamlar brigadasi ishini keskin baholadi.

O'yin boshida to'p kataloniyaliklar jarima maydoni ichida bo'lgan himoyachi Jerar Pikening qo'liga tegdi. Hakam raqib futbolchilarining etirozini hisobga olmay, raqib darvozasi tomon penalti belgilamadi.

“To'pning darvozaga borishiga to'sqinlik qilgani uchun bu toza penalti. Videotakror nega ko'rilmaganini esa tushunmayapman”, deydi ekspert.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca