

Islom Ahmedov ushbu mamlakatda FIFAning “Elite youth coaching course” (Bolalar va o'smirlar futboli elit murabbiylari o'quv-kurslari) dasturi bo'yicha seminarlar o'tkazmoqda.
Mamlakatda bolalar futbolini rivojlanishiga e'tibor qaratayotgan Bruney qirolligi Futbol Associaciasi FIFAga murojat qilib, ushbu o'quv kurslarini o'tkazib berishni so'ragan va xalqaro futbol federatsiyasi seminarlarni o'tkazish uchun o'zbekistonlik mutaxassisni yuborishga qaror qilgan.
Seminarlar 22 avgust kuni start olgan bo'lib, ertaga - 26 avgustda yakunlanadi.



