Isak "Liverpul"ga o'tishni istamoqda, "Nyukasl" esa qarshi

Sherzod Nurmatov
1 avg 2025, 18:34
"Nyukasl" "Liverpul"ning Aleksander Isak bo'yicha yirik taklifini rad etdi.

Mersisaydliklar 25 yoshli hujumchi uchun 140 million evro va bonuslar berishga tayyor edi.

"The Athletic" xabariga ko'ra, "Nyukasl" futbolchini saqlab qolishda turib oldi va Isakka tovon puli belgilagan holda, shartnomani uzaytirishni taklif qildi, biroq forvardning o'zi buni rad etdi va klubga jamoani tark etish niyatida ekanligini ma'lum qildi.

Ayni damda Isak "Liverpul" bilan shaxsiy shartlarni kelishib oldi: 2030 yilgacha mo'ljallangan bitim, yiliga 17 million evro atrofida maosh.

"Liverpul" va "Nyukasl" muzokaralarni davom ettirmoqda, ammo "hakkalar" hujumchi uchun kamida 170 million evro talab qilmoqda, bu taklif qilingan summadan sezilarli darajada yuqori.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic