

Meksikadagi “Estadio BBVA”da kechgan bahsda iroqliklar 2:1 hisobidagi g'alabana tantana qildi. Gollarni Al Hammadi, Hussayn va Paniagua urdi.
Qayd etish joiz, Iroq tarkibida “Paxtakor” himoyachisi Zaid Tahsin to'liq 90 daqiqa maydonda harakat qildi.
JCH-2026ning so'nggi ishtirokchisi bo'lgan Iroq mundial “I“ guruhida Fransiya, Senegal va Norvegiyaga raqiblik qiladi.
Iroq – Boliviya 2:1
Gollar: Al Hammadi 10’, Ayman Hussayn 53’ – Moyzes Paniagua 38’
Iroq: Basil, Ali, Tahsin, Hoshim, Doski, Amin (Farji, 52), Sher (Ismoil, 52), Al Ammari, Bayish (Yoqub, 84), Hussayn (Meme, 66), Al Hammadi (Jasim, 67).
Boliviya: Viskarra, Medina Roman (Mazasaga, 67), Akin, Morales, Fernandes, Mateus (Monteyro, 90), Paniagua, Villamil, Migelito, Baka (Nava, 70), Godoy.
Ogohlantirishlar: Bayish (19), Morales (71), Ismoil (76), Farji (80), Mazacaga (90).



