Internetda "Barselona"ning keyingi mavsum uchun safar formasi paydo bo'ldi

Narzulla Saydullayev
12 may 2023, 07:41
"Barselona" yangi mavsumda safar o'yinlarini oq rangli formada o'tkazadi.

Footy Headlines yangi ekipirovka qanday bo'lishini namoyish etdi. Forma to'liq oq rangda bo'ladi, faqat homiylar, emblema va engdagi elementlardan tashqari.

So'nggi marta "Barsa" 1977/78 yilgi mavsumda oq rangli formada o'ynagandi. 70-yillarga qadar Kataloniya klubi doimiy ravishda oq formada o'ynardi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: footyheadlines.com