"Inter" va MYU 17 yoshli futbolchiga qiziqmoqda

Alisher
16 noya 2019, 11:05
"Sporting Kanzas-Siti" yarim himoyachisi Janluka Busio "Inter" va MYU qiziqishlariga sabab bo'lmoqda.

17 yoshli xavbekning transfer narxi 1 million evrodan ham kamroqni tashkil etadi.

Ammo, MLS klubi futbolchining transferidan ko'proq mablag' ishlab olmoqchi.

Busio joriy mavsum MLSda 22ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assist qayd etgan.

Futbolchi 2017 yildan buyon AQSHning 17 yoshgacha bo'lgan terma jamoasida o'ynab kelmoqda.


AlisherMuallif
Manba: Tuttomercatoweb