

"Sky Sport Italia" xabariga ko'ra, "Milan"ga qarshi o'yinda kamida 2 nafar o'yinchining maydonga tushishi so'roq ostida. Denzel Dyumfris (suratda) to'pig'i muammosi bilan Niderlandiya terma jamoasi yig'inidan erta qaytganidan so'ng "Inter"ning mashg'ulotlarini yana o'tkazib yubordi.

Pyotr Zelinski ham Polsha terma jamoasidan boldiridan jarohat olib qaytgani uchun muammoga duch kelmoqda.
Biroq bu "Milan"da bayram qilish uchun etarli sabab emas: Dyumfris singari Santyago Ximenes ham to'pig'i bilan bog'liq muammoga yo'liqdi va u hatto zaxira o'rindig'iga ham o'tirmasligi mumkin.



