"Inter" "Liverpul” yarim himoyachisini ijaraga olmoqchi

Alisher Ostonov
31 yanv 2026, 11:27
Italiyaning "Inter" klubi 25 yoshli angliyalik yarim himoyachi Kertis Jonsni ijaraga olish haqida o'ylamoqda.

Bu haqda futbol insayderi Fabricio Romano yozmoqda.

Jurnalistning yozishicha, milanliklar David Frattezi "Nottingem"ga o'tgan taqdirda transferni amalga oshirmoqchi. "Inter" sotib olish huquqi bilan ijara shartnomasini imzolamoqchi.

Yana bir insayder Pol Joysning takidlashicha, "Liverpul” qishki mavsumda Jons va boshqa futbolchilarning transferini maqullamaydi. Joysning ma'lum qilishicha, mersisaydliklar mavsum oxirigacha tarkibni to'liq saqlab qolishni rejalashtirmoqda.


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano