

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
O'yinchi ma'lum shartlar bajarilishi ortida majburiy xarid qilish bandi bilan ijara asosida o'tdi.
27 yoshli nemis futbolchisi joriy mavsum "Atalanta" tarkibida 8ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.
OAVning ma'lumotiga ko'ra, xarid qilish huquqi 25 million evroni tashkil etadi.




