"Inter" Asamoadan qutulmoqchi

Sherzod Nurmatov
20 sen 2020
"Inter" xavbeki Kvadvo Asamoa tez fursatlarda klubni tark etadi.

Jurnalist Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, "neradzurri" ustozi 31 yoshli ganalikka umid bog'lamayapti. Shu sababli klub uni amaldagi transfer oynasi vaqtida sotmoqchi.

Qayd etilishicha, agar futbolchi uchun xaridor topilmasa, u holda o'zaro kelishuv bekor qilinadi.

31 yoshli Asamoa "Inter"ga 2018 yilda kelib qo'shilgan. Shu vaqt ichida u 53 o'yin o'tkazib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira