Inesta yangi klubi bilan shartnoma imzolashga yaqin

Alisher
21 dek 2019, 13:06
"Vissel Kobe" yarim himoyachisi Andres Inesta tez orada "Estudiantes"ga o'tadi.

Tomonlar hozirda hamkorlik borasida muzokaralar olib bormoqda va bitim imzolashga yaqinlar.

"Estediantes"ni hozirda Inestaning "Barselona"dagi sobiq jamoadoshi Gabriel Milito boshqarmoqda.

Sal avvalroq, ushbu Argentina klubi yarim himoyachi Xaver Maskerano bilan shartnoma imzolagan edi.

Inesta "Vissel Kobe"ga 2018 yilning yozida "Barselona"dan o'tgan edi. 35 yoshli o'yinchi joriy mavsum yapon klubi tarkibida 23ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 6ta assistga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Sport