Xuan Sebastyan Veron: "Dibala Lautarodan farq qiladi"

Argentinaning "Estudiantes" klubi prezidenti Xuan Sebastyan Veron "Yuventus" yarim himoyachisi Paulo Dibala va "Inter" hujumchisi Lautaro Martines haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Ular bir-biridan keskin farq qiladi. Dibala - hujumda ham, yarim himoyada ham o'ynay oladigan ajoyib futbolchi. Menimcha, Lautaro buni uddalay olmaydi. Ammo u jarima maydonchasi ichida nisbatan xavfliroq va ko'proq gol uradi. Ular birgalikda o'ynashlari mumkin, o'ylaymanki, ajoyib tandem hosil bo'ladi", - deydi Argentina terma jamoasining sobiq vakili.


Manba: Sky Sports