Indoneziya. Javlon Guseynov "Persipura Jayapura"ga gol urdi

Narzulla Saydullayev
9 mar 2020
Kuni kecha Indoneziya chempionatida 2-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Hamyurtimiz Javlon Guseynov to'p tepayotgan "Borneo" o'z maydonida "Persipura Jayapura"ni qabul qildi va 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvda dastlabki golni aynan Guseynov urdi. O'zbekistonlik himoyachi burchakdan uzatilgan to'pni darvozaga yo'lladi.

"Borneo" 2ta turdan keyin 3 ochko bilan 5-o'rinda bormoqda. Jamoa keyingi turni 13 mart kuni o'z maydonida "Persela Lamongan"ga qarshi o'tkazadi.








TAS-IX emas



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia