Immobile Turkiyaga ko'chib o'tishi mumkin

Оқил Абдубарноев
10 iyul 2024
"Lacio" forvardi Chiro Immobile klubni tark etishi mumkin.

Italiyalik hujumchiga Turkiyaning "Beshiktosh" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Jamoa 34 yoshli futbolchini qoniqtiradigan maosh taklif qilmoqchi.

O'z navbatida, "Lacio" Immobileni tekinga qo'yib yubormoqchi emas. Xabarlarga ko'ra, 15 million evro evaziga transfer amalga oshishi mumkin.

Avvalroq Chiroga Saudiya Arabistoni jamoalari qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Ansa