"Beshiktosh" Immobile bilan shartnomani bekor qildi

Mirjalol Normatov
4 iyul 2025
Hujumchi Chiro Immobile "Beshiktosh"dan ketdi.

"Klub va Chiro Immobile o'rtasidagi shartnoma bekor qilindi.

Klubimiz libosi ostida qilgan mehnatlari uchun futbolchiga rahmat aytamiz va uning kelajagiga omadlar tilab qolamiz", - deyiladi klub bayonotida.

Shuningdek, shartnoma ikki tomonning kelishuvi asosida bekor qilinganini ham yozib o'tgan. Buning uchun klub futbolchiga 2 625 000 evro kompensaciya puli to'laydi.

Italiyalik futbolchi o'tgan yozda 3 mln evro evaziga "Lacio"dan "Beshiktosh"ga o'tgandi. O'tgan mavsumda u 41 o'yinda qatnashib, 19 gol urdi.

Eslatib o'tamiz, "Beshiktosh" yaqindagina Temmi Abrahamning "Roma"dan transferini e'lon qilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: bjk.com.tr