Ilon Mask JCH-2022 finaliga baho berdi

Оқил Абдубарноев
19 dek 2022
Amerikalik milliarder Ilon Mask Argentina va Fransiya terma jamoalari to'qnash kelgan JCH-2022 final uchrashuvi haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bundan-da yaxshiroq finalni tasavvur qilib bo'lmasdi. Argentina va Fransiya fantastik futbol namoyish etdi", - deb yozdi amerikalik tadbirkor ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Eslatib o'tamiz, uchrashuvning asosiy vaqti 3:3 hisobida durang bilan yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa argentinaliklar g'alaba qozondi - 4:2.

Argentina hujumchisi Lionel Messi ettita o'yinda 7 ta gol urib, 3 ta golga assistentlik qilgan holda turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/elonmusk?